Siyosat

O‘zbekiston Gvineya-Bisau bilan diplomatik aloqalar o‘rnatdi

Published

on


O‘zbekiston Gvineya-Bisau bilan diplomatik aloqalar o‘rnatdi. 

2026-yil 22-aprel kuni Nyu-York shahrida O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov va Gvineya-Bisauning BMTdagi missiyasi rahbari Samba Sane diplomatik aloqalar o‘rnatish to‘g‘risidagi Qo‘shma kommyunikeni imzoladi. Bu haqda «Dunyo» agentligi xabar berdi. 

Tomonlar xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT va uning ixtisoslashgan muassasalari doirasida hamkorlikni mustahkamlashdan manfaatdor ekanini bildirdi, deyiladi xabarda. 

Ikki tomonlama aloqalarning o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarini topish bo‘yicha hamkorlikni faollashtirishga kelishib olindi. 

G‘arbiy Afrika davlati bo‘lgan Gvineya-Bisau Respublikasi O‘zbekiston diplomatik aloqalar o‘rnatgan 168-mamlakatga aylandi. 

Eslatib o‘tamiz, 2026-yil 19-aprel kuni Antaliya shahrida O‘zbekiston va Ruanda tashqi ishlar vazirlari Baxtiyor Saidov va Olive Nduxungirexe diplomatik aloqalar o‘rnatish to‘g‘risidagi Qo‘shma kommyunikeni imzolagan edi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version