Sport

O‘zbekiston futzal milliy jamoasi Osiyo Kubogini durang bilan boshladi

Published

on


S guruhining 1-tur o‘yinida Tojikistonga qarshi o‘yin golsiz yakunlandi. Guruhdagi yana bir o‘yinda Yaponiya 6:2 hisobida Avstraliyani yengdi.

Indoneziyada futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi boshlandi.

O‘zbekiston milliy jamoasi C guruhi 1-turida Tojikiston bilan o‘ynadi va 0:0 hisobini qayd qildi. Guruhning yana bir o‘yinida Yaponiya futzalchilari Avstraliyani 6:2 hisobida mag‘lub etdi.

2-tur 30 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi va O‘zbekiston – Avstraliya, Tojikiston – Yaponiya o‘yinlari o‘tkaziladi.

Osiyo Kubogida 16 ta milliy jamoa 4 ta guruhga ajratilgan holda ishtirok etmoqda. Guruhlarda 1- va 2-o‘rinni egallagan jamoalar pley-off bosqichiga chiqadi. Ushbu Osiyo Kubogida futzal bo‘yicha jahon chempionati yo‘llanmalari o‘ynalmaydi.

Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi 1999 yildan buyon o‘tkazilmoqda. Unda faqat ikki milliy jamoa g‘olib bo‘lgan – Eron (13 marta) va Yaponiya (4 marta). O‘zbekiston futzalchilari 4 marta kumush va 6 marta bronza medallarini qo‘lga kiritgan.

Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi

28 yanvar, Jakarta (Indoneziya)

S guruhi, 1-tur

O‘ZBeKISTON – TOJIKISTON 0:0

O‘zbekiston: Shavkat Ibragimov, Ixtiyor Ropiyev, Ilhomjon Hamroyev, Elbek To‘lqinov, Shahram Faxriddinov.

Zaxira: Anasxon Rahmatov, Abror Axmedzyanov, Sunatilla Jo‘rayev, Akbar Usmonov, Xayrullo Solihov, Muzaffar Ahadjonov, Abbos Elmurodov, Eldor Nigmatov, Samariddin Berkinov.

Tojikiston: Firuz Bekmurodov, Idris Yorov, Bahodir Xo‘jayev, Baxtiyor Soliyev, Dilshod Salomov.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version