Sport
O‘zbekiston futzal milliy jamoasi Osiyo Kubogi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Futzalchilar Qirg‘izistonda o‘tgan saralash musobaqasida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Foto: O‘zbekiston futzal federatsiyasi
Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi 2026 yilgi Osiyo Kubogi saralashini muvaffaqiyatli yakunladi.
Qirg‘izistonda o‘tkazilgan musobaqada o‘zbekistonliklar Falastin (7:1) va Sharqiy Timorni (7:1) mag‘lub etib, mezbonlarga (2:3) yutqazdi. Bu natijalardan so‘ng milliy jamoa 6 ochko bilan guruhda Qirg‘izistondan keyin ikkinchi bo‘ldi va Osiyo Kubogi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
2026 yilgi Osiyo Kubogi 27 yanvardan 7 fevralgacha Indoneziyada o‘tkaziladi.