Jamiyat

O‘zbekiston fuqarolari Koreyada mavsumiy ishlarda ishtirok etish dasturiga qayta jalb qilinadi

Published

on


O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olim Abdullayev boshchiligidagi delegatsiyasi Janubiy Koreyaga tashkil etilgan amaliy tashrif doirasida Koreya Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari, Koreya immigratsiya xizmati komissari Kim Jong Do bilan uchrashuv o‘tkazdi.

TIV ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuv chog‘ida hamkorlikning dolzarb yo‘nalishlari, jumladan, O‘zbekiston fuqarolarining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, malakalarni o‘zaro tan olish va kasb-hunar ta’limini rivojlantirish, noqonuniy migratsiyani qisqartirish, shuningdek, odam savdosi va jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunida O‘zbekiston fuqarolarini Koreya Respublikasida mavsumiy mehnat ishlarida (Ye-8) ishtirok etish dasturiga qayta jalb qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish, mehnat migrantlari uchun sharoitlar yaratish va hamkorlikni chuqurlashtirish maqsadida muntazam videokonferensaloqa o‘tkazish uchun ishchi guruh tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version