Sport

O‘zbekiston Dubaydagi V yoshlar Para Osiyo o‘yinlarida tarixiy natija qayd etdi

Published

on


Joriy yilning 7–14-dekabr kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida V yoshlar Para Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qildi.

Ushbu musobaqada Osiyoning 35 mamlakatidan 1 500 nafarga yaqin atletlar 11 ta sport turida g‘oliblik uchun bellashdi.

O‘zbekiston delegatsiyasi:


para yengil atletika,
para taekvondo,
bochcha,
para suzish,
para armrestling,
para pauerlifting

sport turlari bo‘yicha musobaqalarda ishtirok etib, jami 197 ta medal (99 ta oltin, 57 ta kumush, 41 ta bronza) qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.

Ma’lumot uchun: 2021-yilda Bahraynda o‘tkazilgan IV yoshlar Para Osiyo o‘yinlarida yurtdoshlarimiz umumjamoa hisobida 6-o‘rinni egallashgan edi — 16 ta medal (11 ta oltin, 1 ta kumush, 4 ta bronza).



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version