Jamiyat

O‘zbekiston davlat akademik katta teatriga yangi direktor tayinlandi

Published

on


Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri direktori Ramiz Usmonov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan ishdan olindi. 

Foto: Madaniyat vazirligi

Joriy yilning 29 iyul kuni O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov boshchiligida navbatdan tashqari yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 

Unda tashkiliy masala ko‘rildi. Yig‘ilish davomida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri direktori, O‘zbekiston xalq artisti Ramiz Usmonovning boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan madaniyat vazirining tegishli buyrug‘iga asosan, teatr direktori lavozimiga tayinlangan Alibek Kabdurahmonov jamoaga tanishtirildi.

Vazir Ozodbek Nazarbekov lavozimga tayinlangan Alibek Kabdurahmonovning faoliyatiga muvaffaqiyat tilab, o‘z bilim va iqtidorini soha rivoji uchun safarbar etishiga ishonch bildirdi.

Ramiz Usmonov bu lavozimda 2021 yil oktyabrdan beri faoliyat yuritib kelgandi.

Alibek Kabdurahmonov 1984 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston Davlat konservatoriyasini «Zarbli cholg‘u asboblari» mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

2005 yildan O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi qoshidagi musiqali teatr-studiya orkestri artisti. 2007 yildan O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri zarbli cholg‘u asboblari guruhining konsertmeysteri sifatida faoliyat olib borgan. U «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist» unvoni sohibi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version