Sport

O‘zbekiston Butunjahon yozgi Universiadani 13-o‘rinda yakunladi

Published

on


Shuningdek, MDH davlatlari ichida eng yaxshi ko‘rsatkichni qayd etdi.

Germaniyaning Reyn-Rur hududida XXXII Butunjahon yozgi Universiada o‘yinlari o‘tkazildi. Musobaqada 18 ta sport turi bo‘yicha 5 mingdan ortiq talaba sportchi 234 ta medallar jamlanmasi uchun kurashdi.

O‘zbekiston sport delegatsiyasi musobaqada 11 ta sport turi (kamondan otish, sport gimnastikasi, yengil atletika, suvga sakrash, dzyudo, badiiy gimnastika, eshkak eshish, suzish, stol tennis, taekvondo va tennis) bo‘yicha ishtirok etdi.

18 ta oliy ta’lim muassasasida ta’lim oluvchi 53 nafar sportchidan iborat jamoa yakunda 13-o‘rinni egalladi.

O‘zbekiston sportchilari 5 ta sport turi bo‘yicha (suzish, badiiy gimnastika, yengil atletika, taekvondo, dzyudo) 4 ta oltin, 4 ta kumush va 7 ta bronza, jami 15 ta medal qo‘lga kiritdi. Bu MDH davlatlari ichida eng yaxshi ko‘rsatkich bo‘ldi.

Universiadada Yaponiya talabalari g‘alaba qozondi (34 oltin, 21 kumush, 24 bronza). Xitoy (30 oltin, 27 kumush, 17 bronza) ikkinchi, AQSh (28 oltin, 27 kumush, 29 bronza) uchinchi bo‘ldi.

Keyingi Universiada 2027 yilda Janubiy Koreyaning Xoso hududida o‘tkaziladi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version