Jamiyat

O‘zbekiston bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish bo‘yicha global alyansga qo‘shildi

Published

on


O‘zbekiston Bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish bo‘yicha global alyansga qo‘shilgan 46-davlat bo‘ldi.

YUNISEF xabariga ko‘ra, bu bolalarni himoya qilish yo‘lidagi muhim qadamdir. Ushbu majburiyat mamlakat erishgan sezilarli yutuqlarga asoslanadi. 

Jumladan, joriy yilning may oyida Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi. Hozirda har bir bolani amaliy himoya qilishga qaratilgan tarmoqlararo strategiya va harakatlar rejasi ishlab chiqilmoqda.

YUNISEF O‘zbekiston hukumati bilan yelkadosh bo‘lib mazkur sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashdan faxrlanishini bildirgan.

“Har bir bola uyda, maktabda va jamiyatda xavfsiz va qo‘llab-quvvatlovchi muhitda ulg‘ayishi uchun birgalikda harakat qilamiz”, deyiladi xabarda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version