Iqtisodiyot

O‘zbekiston Bangladesh kompaniyalari uchun tranzit va ishlab chiqarish habi bo‘lishi mumkin

Published

on


O‘zbekistonning Bangladeshdagi elchisi (qarorgohi Dehli shahrida) Sardor Rustamboyev Dakka shahriga amaliy tashrif buyurdi. Bu haqda “Dunyo” muxbiri xabar berdi.

Tashrif doirasida Bangladesh Tashqi ishlar vazirligi, hukumat va ishbilarmon doiralari vakillari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazilib, ikki tomonlama aloqalarni yangi, amaliy darajaga olib chiqish masalalari muhokama qilindi. Diplomatlar prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, shuningdek, O‘zbekistonda erishilayotgan barqaror ijtimoiy-iqtisodiy o‘sish to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi.

Bangladesh tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Nazrul Islom bilan uchrashuvda O‘zbekiston–Bangladesh munosabatlarining ijobiy rivojlanish sur’atlari alohida qayd etildi. Tashqi siyosat idorasi rahbarining muovini O‘zbekistondagi keng ko‘lamli islohotlarni yuqori baholab, mamlakatni Markaziy Osiyoning ulkan iqtisodiy salohiyatga ega yetakchi davlati sifatida ta’rifladi.

Tomonlar to‘qimachilik sanoati, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish va turizmni hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari sifatida belgiladi. O‘zaro manfaatli rishtalarni faollashtirishning asosiy omili sifatida Toshkent va Dakka o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama qilindi.

Bangladesh bosh vazirining savdo, to‘qimachilik, aviatsiya va turizm bo‘yicha maslahatchisi shayx Bashir Uddin bilan muzokaralar ham samarali o‘tdi. U to‘qimachilik sohasida to‘plangan boy tajribasidan kelib chiqib, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarga, ayniqsa, to‘qimachilik tarmog‘idagi yangilanishlarga katta qiziqish bildirdi.

Shayx Bashir Uddin O‘zbekistonning strategik joylashuvini alohida ta’kidlar ekan, mamlakat Rossiya va Yevropa bozorlariga chiqishga intilayotgan Bangladesh kompaniyalari uchun muhim ishlab chiqarish va tranzit habi bo‘lishi mumkinligini qayd etdi. U jiddiy va amaliy niyatlar ifodasi sifatida Bangladeshning yetakchi kompaniyalari delegatsiyasiga boshchilik qilib, 2026 yilda O‘zbekistonga safar qilishga tayyorligini tasdiqladi.

Tashrif doirasida O‘zbekiston elchixonasi tomonidan Dakka shahrida mamlakatning iqtisodiy va investitsion salohiyati taqdimoti o‘tkazildi. Unda Bangladesh savdo vaziri o‘rinbosari Mahbubur Rahmon, yetakchi savdo-sanoat palatalari va yirik kompaniyalar vakillari ishtirok etdi.

Ishtirokchilar to‘qimachilik va farmatsevtika tarmoqlarida qo‘shma korxonalar tashkil etish, shuningdek, O‘zbekistonda xorijiy investorlar uchun yaratilgan sharoitlar borasida katta qiziqish bildirdi. Bangladesh ishbilarmon doiralari vakillari 2026 yilda O‘zbekistonga biznes-safar uyushtirish niyatida ekanini ma’lum qildi.

Dakkaga amaliy tashrif natijalari O‘zbekiston–Bangladesh munosabatlarini amaliy qo‘shma loyihalar shakllantirish va o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini sezilarli oshirish uchun mustahkam poydevor yaratdi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version