Iqtisodiyot

O‘zbekiston aviayuk tashish sur’atlari bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchiga aylandi

Published

on


So‘nggi besh yil ichida O‘zbekiston Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida havo orqali yuk tashish hajmi eng yuqori sur’atlarda o‘sgan davlatga aylandi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri «Economist.kg» moliyaviy nashriga tayanib.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi besh yilda Markaziy Osiyoda aviayuk tashishning umumiy hajmi ikki barobardan ko‘proq oshgan. Taqqoslash uchun, dunyodagi eng yirik aviayuk markazlaridan biri hisoblangan Gonkongda mazkur ko‘rsatkich deyarli o‘zgarmagan bo‘lsa, Yevropaning asosiy yuk aviatsiyasi xabi Frankfurtda tashish hajmi qariyb 5 foizga kamaygan.

Mutlaq ko‘rsatkichlar bo‘yicha mintaqada yetakchilik Qozog‘istonga tegishli bo‘lib, 2019 yilga nisbatan ushbu mamlakatda qabul qilingan, jo‘natilgan va to‘g‘ridan-to‘g‘ri tranzit yuklar hajmi 149 foizga ko‘paygan. Shu bilan birga, 182 foizlik o‘sishni qayd etgan O‘zbekiston mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha Qirg‘izistonni ortda qoldirdi. Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi (IATA) bu natijani transport va aeroport infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan faol investitsiyalar bilan izohlamoqda.

Qayd etilishicha, Markaziy Osiyoda aviayuk tashish hajmining o‘sishida asosiy omil to‘g‘ridan-to‘g‘ri tranzit hisoblanadi. Bunda yuklar aeroportlar orqali bojxona rasmiylashtiruvisiz tashiladi. Bu amaliyot tarixan AQShning Ankorij shahri orqali amalga oshirilgan texnik qo‘nish modeliga o‘xshash tizim asosida yo‘lga qo‘yilgan.

Natijada to‘g‘ridan-to‘g‘ri tranzitning umumiy aviayuk tashish hajmidagi ulushi 59 foizdan qariyb 65 foizga yetdi. Shu bilan birga, xalqaro kiruvchi va chiquvchi yuk tashish hajmi ham o‘sishda davom etmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version