Iqtisodiyot

O‘zbekiston avgust oyida 2 tonna oltin sotib olgan – WGC

Published

on


Jahon oltin kengashi (World Gold Council) ma’lumotlarida keltirilishicha, 2025-yil avgust oyida xalqaro markaziy banklar jami 15 tonna oltin sotib oldi. Bu mart-iyun oylaridagi o‘rtacha ko‘rsatkichlarga yaqin bo‘lib, iyul oyidagi tanaffusdan keyin qayta faol xaridlarga qaytilganini anglatadi.

«Oltin narxining joriy yildagi rekord darajadagi o‘sishi ba’zi markaziy banklar xaridini cheklayotgan bo‘lishi mumkin. Ammo bu pasayish «oltinga qiziqish so‘nayotgani»ni anglatmaydi – aksincha, ko‘plab davlatlar o‘z zaxiralaridagi oltin ulushini oshirish niyatida», – deyiladi WGC hisobotida.

Avgust oyida oltin xaridi bo‘yicha eng faol bo‘lgan markaziy banklar – Qozog‘iston (8 t) va Bolgariya, Turkiya, Xitoy, O‘zbekiston, Chexiya hamda Gana davlatlari (2 t) Markaziy banklari bo‘lgan.

Hisobot oyida faqat Rossiya (–3 t) va Indoneziya (–2 t) oltin sotgan.

O‘zbekiston umumiy zaxiralarini 366 tonnaga yetkazgan bo‘lsa-da, 2024 yil oxiriga nisbatan 17 tonna kamayish qayd etilgan.

«Bu shundan dalolat beradiki, O‘zbekiston markaziy banki jahon bozoridagi oltin narxi rekord darajada bo‘lgan paytda sotish va sotib olishni taktik ravishda muvofiqlashtirmoqda — ya’ni oltinni «foydali aktiv» sifatida faol boshqarmoqda», – deyiladi hisobotda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version