Siyosat
O‘zbekiston AQSh va Eron sulhini olqishladi
O‘zbekiston AQSh va Eron o‘rtasidagi sulhga munosabat bildirdi.
O‘zbekiston Pokiston rahbariyati vositachiligida Yaqin Sharqda o‘t ochishni to‘liq to‘xtatish va sulh o‘rnatilishi e’lon qilinganini olqishlagan.
«Mazkur sa’y-harakatlarni keskinlikni yumshatish, siyosiy-diplomatik muloqot va o‘zaro maqbul yechimlarni topish uchun sharoit yaratish yo‘lidagi muhim qadam, deb hisoblaymiz. Barcha tomonlarni vazmin bo‘lishga, vaziyatni yana keskinlashuviga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlardan tiyilishga, shuningdek tinchlik va barqarorlikka erishish maqsadida konstruktiv hamkorlikni davom ettirishga chaqiramiz», deyiladi bayonotda.
O‘zbekiston mojarolarni faqat tinch yo‘l bilan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomi tamoyillariga muvofiq qat’iy ravishda hal etish zarurligi to‘g‘risidagi o‘zgarmas pozitsiyasini tasdiqlagan.
Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidenti Donald Tramp ikki haftalik sulh haqida xabar bergandi.