Siyosat

O‘zbekiston AQSh-Eron bitimiga munosabat bildirdi

Published

on


O‘zbekiston Amerika Qo‘shma Shtatlari va Eron Islom Respublikasi o‘rtasida o‘zaro Anglashuv memorandumi imzolanganini olqishladi. Tashqi ishlar vazirligi kelishuvni hozirgi murakkab xalqaro sharoitda keskinlikni yumshatish, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni tiklash yo‘lidagi muhim diplomatik yutuq sifatida qayd etdi. 

AQSh va Eron rahbariyatining hal qiluvchi pallada ko‘rsatgan siyosiy irodasi va uzoqni ko‘ra bilishini alohida e’tirof etildi. Erishilgan kelishuv xalqaro hamjamiyat uzoq vaqtdan buyon kutgan tinchlik yo‘lidagi barqaror yechim uchun mustahkam zamin yaratadi.

Ushbu muhim o‘zaro anglashuvga erishish uchun zarur sharoitlarni shakllantirishga hissa qo‘shgan Pokiston va Qatarning katta hissasini, shuningdek Turkiya, Saudiya Arabistoni, Misr va boshqa mintaqaviy hamkorlarning sa’y-harakatlarini yuqori baholangan.

​O‘zbekiston muzokaralarning keyingi bosqichlari konstruktiv ruhda davom etishi va erishilgan kelishuvlar samarali amalga oshirilishiga umid qiladi.

«Nizo va qarama-qarshiliklarni xalqaro huquq tamoyillari, o‘zaro hurmat va barcha tomonlar manfaatlarini inobatga olgan holda diplomatik vositalar orqali hal etish tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashning asosiy sharti bo‘lib qolishiga ishonamiz», deyiladi TIV bayonotida.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version