Iqtisodiyot

O‘zbekiston aholisi oziq-ovqatga daromadining 1/3 qismini sarflamoqda – tahlil

Published

on


Tahlilga ko‘ra, mamlakatda xarajatlarning asosiy qismi muhim ehtiyojlar – oziq-ovqat va uy-joyga yo‘naltirilyapti. Kiyim-kechak, transport, sport va ko‘ngilochar mashg‘ulotlarga esa ancha kam mablag‘ sarflanmoqda.

O‘zbekistonda oziq-ovqatga oila budjetining qariyb uchdan bir qismi – 30 foizi sarflanadi, bu esa oziq-ovqatni mintaqaning barcha mamlakatlari orasida qimmat xarajat turiga aylantiradi. Bu haqda Numbeo ma’lumotlari dalolat bermoqda.

Qayd qilinishicha, O‘zbekistonda 4 to‘rt kishilik oilaning bir oylik hisoblangan xarajatlari ijara haqini hisobga olmaganda qariyb 21 mln so‘mni tashkil etadi. Bir kishi uchun taxminiy oylik xarajatlar ijara to‘lovisiz 5,6 mln so‘mni tashkil etadi. O‘zbekistonda yashash narxi AQShga nisbatan o‘rtacha 60,6 foizga past. O‘zbekistonda ijara haqi AQShga nisbatan o‘rtacha 68,9 foizga past.

Numbeo platformasi ma’lumotlariga ko‘ra, MDH mamlakatlari aholisining xarajatlari tarkibi shuni ko‘rsatadiki, oila budjetining asosiy qismi oziq-ovqat va uy-joyga sarflanadi.

Ushbu mamlakatlarda xarajatlarning asosiy qismi muhim ehtiyojlar – oziq-ovqat va uy-joyga yo‘naltiriladi. Kiyim-kechak, transport, sport va ko‘ngilochar mashg‘ulotlarga esa ancha kam mablag‘ sarflanayotgani hududdagi oilalar hayotiy ehtiyojlarni qondirishga ko‘proq majbur bo‘layotganidan dalolat beradi.

Tojikistonda oziq-ovqat xarajatlari mintaqada eng yuqori – budjetning 37,1 foizi, bu esa oziq-ovqatni xarajatlarning asosiy qismiga aylantiradi.

Qirg‘iziston va Qozog‘istonda ham manzara o‘xshash: oziq-ovqat va uy-joyga budjetning deyarli yarmi to‘g‘ri keladi. Qirg‘izistonda ovqatlanish 28,5 foizni, uy-joy ijarasi 25,9 foizni, Qozog‘istonda esa bu ko‘rsatkichlar mos ravishda 29,6 foiz va 23,3 foizni tashkil etadi. Ikki mamlakatdagi restoranlarga budjetning 15 dan 18 foizigacha, transportga – taxminan 10-14 foiz, kommunal xizmatlarga – ko‘pi bilan 5 foiz sarflanadi.

Turkmaniston va O‘zbekistonda ham oziq-ovqat va uy-joy xarajatlari yetakchi o‘rinlarni egallaydi – mos ravishda 35,1 va 30 foiz. Biroq, Turkmanistonda kommunal to‘lovlar ulushi (12,8 foiz), O‘zbekistonda esa sport va dam olish xarajatlari (7,2 foiz) yuqori bo‘lib, bu Markaziy Osiyodagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Agar MDH boshqa mamlakatlari bilan taqqoslaydigan bo‘lsak, xarajatlar tarkibi o‘xshashligicha qoladi. Rossiyada ovqatlanish 29 foiz, uy-joy ijarasi 21,8 foiz, restoranlar 17,6 foizni tashkil etadi. Belarusda bu ulushlar mos ravishda 29,3 foiz, 22,9 foiz va 19,2 foizni tashkil etadi.

Ozarboyjon va Armanistonda ham oziq-ovqat, ijara va restoranlar asosiy xarajatlar bo‘lib qolmoqda – ular birgalikda oila budjetining 60 foizdan ortig‘ini tashkil etadi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version