Jamiyat
O‘zbekiston Afg‘onistonga insonparvarlik yordami yubordi
Afg‘onistonning sharqida sodir bo‘lgan zilziladan jabr ko‘rgan Kunar va Nangarhor viloyatlari aholisi uchun O‘zbekistondan qariyb 300 tonna insonparvarlik yordami yuborildi.
Yuk tarkibidan un, guruch, shakar, tushyonka, makaron, qandolat mahsulotlari, yog‘, tez tayyorlanadigan taomlar, qizil loviya va mosh, qadoqlangan ichimlik suvi, 5 mingta yopinchiq hamda 10 tonnaga yaqin dori vositalari va tibbiy buyumlar o‘rin olgan.