Iqtisodiyot

O‘zbekiston Afg‘onistonda temir va mis konlarini qidirishni boshladi

Published

on


Uzbek Overseas Geology Company Afg‘oniston hududida geologik-qidiruv loyihasini amalga oshirishga kirishdi. Qidiruv ishlari uglevodorod resurslari, shuningdek, temir va mis konlarini aniqlashga qaratilgan.

Ma’lum qilinishicha, loyiha doirasida geologik-qidiruv ishlari Muhammad-Jandagar, Shamar va Ahmadobod bloklarida olib borilmoqda. Unda uglevodorod resurslari bilan bir qatorda temir va mis zaxiralarini aniqlash asosiy vazifa sifatida belgilangan.

Geologik-qidiruv ishlariga rasman start berish marosimida Balx viloyati hokimining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Mavlaviy Nurul Xodi Abu Idris hamda kompaniya bosh direktori Hayit Omonov ishtirok etgan.

Shuningdek, kompaniya afg‘on tomoni bilan olib borilgan muzokaralar yakunida loyihani amalga oshirish uchun tegishli litsenziyani qo‘lga kiritgani qayd etildi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version