Iqtisodiyot
Özbekiston 2030-yilgaça xorijiy sayyohlar sonini 20 mln nafarga yetkazmoqçi
Prezident Şavkat Mirziyoyev «2027-yil – Xalqaro barqaror va yaşovçan turizm yili»ning rasmiy oçiliş marosimi iştirokçilariga tabrik yölladi. Unda Özbekistonda turizm sohasini rivojlantiriş natijalari, 2030-yilgaça belgilangan maqsadlar va xalqaro hamkorlikni kengaytiriş masalalariga töxtaldi.
Davlat rahbari taʼkidlaşiça, Özbekiston taşabbusi bilan Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş Assambleyasi 2024-yilda 2027-yilni Xalqaro barqaror va yaşovçan turizm yili deb eʼlon qiliş töğrisida rezolyusiya qabul qilgan. Uşbu taşabbusni dunyoning 80 dan ortiq davlati qöllab-quvvatlagan.
Şavkat Mirziyoyev bugungi murakkab geosiyosiy vaziyat, jahon iqtisodiyotidagi özgarişlar va xavfsizlikka oid tahdidlar şaroitida turizmning xalqlar va mamlakatlarni yaqinlaştirişdagi ahamiyati ortib borayotganini qayd etdi.
2025-yilda turizmning global yalpi içki mahsulotdagi uluşi 11 trln 600 mlrd dollar yoki 9,8 foizni taşkil etgan. Sohadagi ösiş jahon iqtisodiyotining umumiy ösişidan yuqori bölgan.
Özbekistonga 10 oyda 11,6 mln sayyoh keldi
Prezident mamlakatda turizm iqtisodiyotning strategik ahamiyatga ega tarmoğiga aylanganini taʼkidladi.
2026-yilning dastlabki ön oyida Özbekistonga 11 million 600 ming nafar sayyoh taşrif buyurgan. Bu 2025-yilning butun davridagi körsatkiçga teng. Turistik xizmatlar eksporti esa 1,5 barobar ösib, 6 mlrd dollarga yetgan.
Ayni paytda mamlakatda 7 600 ta mehmonxona va şunga öxşaş joylaştiriş vositalari faoliyat yuritmoqda. «Hilton», «Marriott», «InterContinental» va «Radisson» kabi dunyoga maşhur mehmonxona tarmoqlari qatorida 50 dan ziyod xalqaro brend Özbekiston turizm bozorida öz örniga ega.
Transport xizmatlari kölamini kengaytiriş doirasida 54 ta davlat bilan havo qatnovlari töğrisida kelişuvlarga erişilgan. 33 ta davlatning 102 ta şahriga töğridan-töğri aviaqatnovlar yölga qöyilib, 200 dan ortiq yönalişda parvozlar amalga oşirilmoqda.
Sönggi beş yilda turizm va unga boğliq xizmatlarda tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş uçun 50 dan ziyod imtiyoz joriy etilgan. Bu çoralar qariyb 1 million nafar aholini iş bilan taʼminlaşga xizmat qilmoqda.
2030 yilgaça qanday maqsadlar belgilangan?
Özbekiston 2030-yilga qadar xorijiy sayyohlar sonini 20 million nafarga, turistik xizmatlar eksportini 10 mlrd dollarga, sohada band aholi sonini 2 million nafarga yetkazişni maqsad qilgan. Şuningdek, turizmning yalpi içki mahsulotdagi uluşini 7 foizga çiqariş rejalaştirilgan.
Bu maqsadlarga erişiş uçun işbilarmonlik, sarguzaşt va ekstremal, agro va etno, tibbiyot hamda gastronomiya turizmini rivojlantirişga eʼtibor qaratilmoqda. Uşbu yönalişlardagi tadbirkorlarga soliq va bojxona imtiyozlari beriş işlari davom ettirilmoqda.
Şu bilan birga, tarixiy şaharlardagi madaniy meros obyektlariga tuşadigan yukni kamaytiriş va sayyohlar oqimini yangi hududlarga yönaltiriş maqsadida zamonaviy turistik majmualar, ixtisoslaşgan turizm qişloqlari va mahallalari taşkil etilmoqda. Hozirda bunday maskanlar soni 57 tani taşkil etadi. 2030-yilgaça ularni 140 taga yetkaziş rejalaştirilgan.
2027 yilda yangi çora-tadbirlar amalga oşiriladi
Davlat rahbari kelgusi yilda Özbekistonda turizmni barqaror rivojlantiriş va uning yaşovçanligini mustahkamlaşga qaratilgan aniq çora-tadbirlar amalga oşirilişini bildirdi.
Jumladan, içki turizmni rivojlantiriş orqali sohaning turli inqirozlarga bardoşliligini oşiriş zarurligi taʼkidlandi. Şuningdek, Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan yagona turistik makon sifatida harakat qiliş va mintaqaviy hamkorlikni kuçaytirişga çaqirildi.
Prezident globallaşuv şaroitida milliy anʼanalar va etnomadaniyatni zamonaviy texnologiyalar bilan uyğun holda saqlaşda turizmning ahamiyatini qayd etdi.
«Globallaşuv davrida etnomadaniyatni asrab, uning betakrorligini turizm orqali jahonga namoyon etişni taklif qilaman. Zero, taraqqiyot zamonaviylik bilan, kelajak esa milliy qadriyatlarimiz bilan barpo etiladi», — dedi Şavkat Mirziyoyev.
Şuningdek, davlat rahbari 2027-yildagi tadbirlar bilan çeklanib qolmasdan, keyingi beş yilga möljallangan global harakatlar rejasini işlab çiqişni taklif qildi. Uşbu dasturni «BMT Turizm» taşkiloti yetakçiligida davlatlar, xalqaro taşkilotlar va xususiy sektor imkoniyatlarini birlaştirgan holda amalga oşiriş taklif etildi.
Prezident xalqaro anjuman turizm sohasida özaro işonç va hamjihatlikni mustahkamlaş, yangi şeriklar topiş va amaliy kelişuvlarga erişişga xizmat qilişiga işonç bildirdi.