Iqtisodiyot

​​​​​​​O‘zbek so‘mi ramzini yaratish: boshlangan ish oxiriga yetkaziladimi?

Published

on


Bundan 3 yil oldin Markaziy bank “milliy valutaning moliya bozorida xalqaro nufuzini oshirish va keng jamoatchilik o‘rtasida tanilishini ta’minlash maqsadida” so‘m ramzini yaratish ishlarini boshlagandi. G‘olib sifatida tanlab olingan belgi tanqidlarga uchrashi fonida jarayon to‘xtatib qo‘yilgandi.

2022 yilning fevral oyida Markaziy bank “milliy valutaning moliya bozorida xalqaro nufuzini oshirish va keng jamoatchilik o‘rtasida tanilishini ta’minlash maqsadida” so‘m ramzini yaratish bo‘yicha tanlov e’lon qilgandi. Oradan ma’lum vaqt o‘tganidan keyin, g‘olib sifatida Sarvar Jumagaldiyev tomonidan ishlab chiqilgan grafik belgi tanlab olindi. Ammo mazkur belgi “In-Core Systèmes” va Hindistonda ochilgan “Logic Square Technologies” logotiplariga o‘xshashligi sababli tanqidga uchradi. Shundan so‘ng jarayon to‘xtab qoldi. 

2023 yilning oktyabr oyidagi matbuot anjumanida MB sobiq raisi Mamarizo Nurmurodov jamoatchilik e’tirozlaridan keyin ekspertlar komissiyasi belgini tasdiqlash jarayonini to‘xtatganini ma’lum qilib, mavjud ramzni takomillashtirish yoki yangisini ishlab chiqish varianti ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qilgandi. Shundan so‘ng qo‘shimcha izoh berilmadi.

Kun.uz muxbiri vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida Markaziy bank axborot xizmati bilan bog‘landi. Qayd etilishicha, bu bo‘yicha ishlar to‘xtatilgan va kun tartibida ko‘rib chiqilmayapti.

Ma’lumot uchun, hozirgacha o‘zbek so‘mida, boshqa valutalardan farqli ravishda ramz ko‘rinishidagi belgi yo‘q. MDH hududida esa arman drami (֏), ukrain grivnasi (₴), ozar manati (₼), qozoq tengesi (₸), qirg‘iz somi (⊆) va Rossiya rubli (₽) kabi valutalarning grafik ramzlari bor.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version