Siyosat

“O‘zatom” ilg‘or ilmiy markazlardan biri bilan bitim imzoladi

Published

on


Muzokaralarda O‘zbekistonning yadro sohasidagi milliy salohiyatini rivojlantirish va ilg‘or yadro texnologiyalarini joriy etishga qaratilgan uzoq muddatli hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

“O‘zatom” agentligi va Rossiyaning Kurchatov instituti tinchlik maqsadlarida atom energiyasidan foydalanish sohasida strategik sheriklik hamda ilmiy-texnik hamkorlik to‘g‘risida bitim imzoladi. Bu haqda “O‘zatom” matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, agentlik direktori Azim Axmedxadjayev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi tashrif doirasida Kurchatov instituti rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari:

kichik modulli va ko‘chma atom stansiyalari;

yadro tibbiyoti va radioizotoplar ishlab chiqarish;

sinxrotron nurlanish va neytron manbalari;

plazma fizikasi va termoyadro sintezi;

ekologik toza (“yashil”) texnologiyalar;

atom sanoati uchun yangi materiallar;

qo‘shma laboratoriyalar tashkil etish;

yuqori malakali kadrlar tayyorlash va akademik mobillik;

noyob ilmiy qurilmalarda tadqiqotlar o‘tkazish.

Shuningdek, “O‘zatom” delegatsiyasi Kurchatov institutining yadro tibbiyoti markazi, T-15MD tokamagi, sinxrotron nurlanish manbai hamda tajriba-sanoat infratuzilmasi bilan tanishdi.

Axmedxadjayevning ta’kidlashicha, mazkur kelishuv O‘zbekistonning yadro sohasidagi mavqeini mustahkamlab, dunyodagi eng ilg‘or ilmiy markazlardan birining zamonaviy infratuzilmasi va noyob tajribasidan foydalanish imkonini beradi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version