Siyosat

Ozarbayjon Rossiyaga Qorabog‘ning asl maqomini eslatdi

Published

on


Ozarbayjon tashqi ishlar vazirligi Rossiya rasmiylarining Qorabog‘ mintaqasi bo‘yicha bahsli fikrlariga munosabat bildirdi.

«Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanning joriy yil 1-aprel kuni Moskvadagi uchrashuvi mobaynida hamda undan keyin Rossiya rasmiy shaxslari ommaviy muhokamalarda Ozarbayjonning mutlaq ichki ishlariga oid masalalarni ko‘tarishdi. Shu munosabat bilan Ozarbayjonning Qorabog‘ mintaqasidan siyosiy spekulyasiya maqsadida foydalanish mumkin emasligi va mamlakatlarning bu kabi bahslarni bas qilishi borasida Ozarbayjon tomonining pozitsiyasi Rossiya Federatsiyasi prezidenti ma’muriyati, hukumati va tashqi ishlar vazirligiga tegishli diplomatik kanallar orqali yetkazildi», – deyiladi TIV bayonotida.

Shunga qaramay, Rossiyadagi siyosiy munozaralarda ushbu mavzu hali-hamon muhokama etilmoqda.

«Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov «Vesti» telekanaliga intervyusida Armaniston–Rossiya munosabatlari bo‘yicha o‘z fikrini bildirar ekan, yana bir karra Qorabog‘ mintaqasi Ozarbayjonning tarkibiy qismi ekanini birinchi bo‘lib kim tan oldi – Rossiyami yoki Armaniston degan savol yuzasidan sharh berdi. Qorabog‘ mintaqasi Ozarbayjonning ajralmas tarkibiy qismi ekani biror bir davlatning qaroriga emas, balki tarix, xalqaro huquq va adolat tamoyiliga asoslanadi. Bu 2020-yildagi 44 kunlik Vatan urushi hamda 2023-yildagi bir kunlik aksilterror tadbirlarida yana bir karra tasdiqlandi va qat’iy ravishda belgilandi. Biz takror bo‘lsa-da, Rossiya tomoniga biror bir mamlakat, shu jumladan, Rossiya Federatsiyasi Ozarbayjonning hududiy yaxlitligi, jumladan, Qorabog‘ mintaqasi maqomini shubha ostiga olmaganini eslatishni lozim topdik», – deyiladi bayonotda.

Rasmiy Boku Rossiya va Armaniston aloqalari mushkul vaziyatda qolayotgan bir davrda Ozarbayjon suverenitetiga daxldor masala jamoatchilik shohidligida muhokama etilishiga yo‘l qo‘yilmasligini urg‘ulagan.

 



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version