Siyosat

Ozarbayjon Markaziy Osiyo maslahatlashuv uchrashuvlari formatiga qabul qilinadi

Published

on


Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi o‘z ishini boshlandi.

Delegatsiyalar rahbarlarini Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan qutlash va birgalikda suratga tushish marosimlari bo‘lib o‘tdi. 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvida nutq so‘zlar ekan, Ozarbayjon Respublikasini Maslahat uchrashuvlari formatiga to‘la huquqli a’zo sifatida qabul qilish to‘g‘risida ishtirokchi mamlakatlar yetakchilari tomonidan prinsipial qaror qabul qilinayotganini e’lon qildi. 

Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, ushbu strategik qadam umumiy tarix, qardoshlik rishtalari, ma’naviy va madaniy yaqinlik bilan uzviy bog‘langan xalqlarimiz manfaatlariga to‘liq javob beradi. 



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version