Jamiyat

Oxirgi 7 yilda yo‘l qurilishiga 61 trln so‘m ajratilgan

Published

on


Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, infratuzilmasini yaxshilash va tirbandliklarni kamaytirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

Yig‘ilishda, dastlab yo‘l qurilishi sohasi haqida so‘z bordi. Qayd etilishicha, oxirgi 7 yilda bu borada ko‘p ishlar qilingan. Jumladan, yo‘llarni qurish va ta’mirlashga 61 trillion so‘m ajratildi. Bu 2017-yilgacha berilgan mablag‘lardan 3,5 barobar ko‘p.

Onlayn murojaat tizimi ishga tushib, yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linmalariga kelish 50 foizga kamaydi.

Shuningdek, 3 ming 365 nafar YHXX xodimiga elektron planshet va bodikamera olib berildi. Qoidabuzarliklarni sun’iy intellekt asosida saralash va qaror chiqarish amaliyoti joriy qilindi.

Haydovchilik huquqiga imtihon, yo‘l chiziqlari chizish, texnik ko‘rik kabi 8 ta xizmat tadbirkorlarga autsorsingga berildi.

Shaharlarda jamoat transporti uchun maxsus yo‘laklar tashkil qilindi. 



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version