Mahalliy
OTMlarga kirish test sinovlarining yakuniy natijalari e’lon qilindi
2026/2027 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.
Tanlov natijalarini 4 xil usulda bilish mumkin.
my.uzbmb.uz sayti orqali:
my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.
mandat.uzbmb.uz sayti orqali:
mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.
Bilimni baholash agentligining Telegram-botlari orqali:
Abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini quyidagi botlarga yuborish orqali:
@bmba_natija_bot
@bmba_natija_1bot
@bmba_natija_2bot
Test natijalari qaydnomasi orqali:
Test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.