Mahalliy

OTM va akademik litseylarda o‘quv yili boshlanish sanasi e’lon qilindi

Published

on


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘iga muvofiq, oliy ta’lim muassasalari hamda akademik litseylarda 2025/2026-o‘quv yili boshlanish sanalari tasdiqlandi.

Unga ko‘ra:


akademik litseylarning barcha bosqich o‘quvchilari va oliy ta’lim tashkilotlarining 1-bosqich talabalari uchun dars jarayonlari 2025-yil 3-sentyabrdan;
oliy ta’lim tashkilotlarining 2- va undan yuqori bosqich talabalari uchun 8-sentyabrdan boshlanadi.

Oliy ta’lim tashkilotlarida birinchi bosqichga qabul qilingan talabalar uchun «Kredit ta’limi tizimiga kirish» haftaligi hamda «Talabalikka bag‘ishlov» tadbirlari tashkil etiladi.

Haftalik doirasida:


talabalarni oliy ta’lim tashkiloti faoliyati bilan tanishtirish, kredit-modul tizimining mazmun-mohiyati va afzalliklarini tushuntirish hamda tanlov fanlarni maqsadli tanlash;
talabalarda mustaqil ta’lim ko‘nikmalarini shakllantirish, akademik halollik tamoyillari va kasbiy hamda shaxsiy rivojlanish masalalari yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlari amalga oshiriladi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version