Jamiyat

Otasi tomonidan O‘zbekistonga olib kelingan 4 yoshli qiz Rossiyadagi onasiga qaytarildi

Published

on


Erkak farzandining ahvoli haqida onasiga xabar bermay kelgan. Rossiya Bola huquqlari bo‘yicha vakili murojaatiga ko‘ra, otaning manzili aniqlanib, qiz o‘z onasiga topshirilgan.

O‘zbekiston bolalar ombudsmani ko‘magida otasi tomonidan Rossiyadan olib kelingan qiz o‘z onasiga qaytarildi.

Qayd etilishicha, bolalar ombudsmani nomiga Rossiya Bola huquqlari bo‘yicha vakili murojaat qilib, RF fuqarosi bo‘lgan K.S.ning 4 yoshli qizi O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan otasi tomonidan 2024 yilning oktyabr oyigacha bo‘lgan ruxsat asosida olib ketilganini bildirgan. Onaning qarshiligiga qaramay, qiz ota tomonidan bugungi kunga qadar O‘zbekistonda ushlab qolinayotgani, erkak aloqaga chiqmay, bolaning ahvoli haqida xabar bermayotgani, uning yashash manzili noma’lum ekani, bolaning turgan manzilini aniqlab, ona va bola aloqasini tiklashda amaliy yordam so‘ralgan.

Bolalar ombudsmani so‘rovi asosida Ichki ishlar organlari tomonidan olib borilgan o‘rganish natijasida, ota 2024 yilning o‘zida ishlash maqsadida Sankt-Peterburg shahriga ketgani, voyaga yetmagan qizi esa buvisi (1964 yilda tug‘ilgan ayol) qaramog‘iga topshirilgani aniqlangan. Ular shu kunga qadar Samarqand shahrida istiqomat qilib kelayotgani ma’lum bo‘lgan.

Mutasaddilar tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida, bolaning buvisi o‘z xohishiga ko‘ra nevarasini o‘z onasiga topshirgan va qizaloq onasi hamrohligida Rossiyaga qaytgan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version