Jamiyat
Osiyo xalqaro universiteti talabalarga qanday imkoniyatlar taqdim etadi?
Zamonaviy kampusga ega oliy ta’lim muassasalari haqida gap ketganda ko‘pchilikning tasavvurida, avvalo, poytaxt namoyon bo‘ladi. Biroq Xorazmda faoliyat yuritayotgan Osiyo xalqaro universiteti kampusi bu stereotipni o‘zgartirmoqda. Uch yirik o‘quv binosidan iborat ta’lim majmuasida bugungi kunda 2000 nafardan ortiq talaba tahsil olyapti. Kun.uz jurnalisti o‘quv dargohida bo‘lib, abituriyentlar uchun maxsus ko‘rsatuv tayyorladi.
Ta’lim auditoriya bilan cheklanmaydi
Kampus hududida so‘nggi texnikalar asosida jihozlangan laboratoriyalar, talabalar uchun kovorking zonalari, sport va dam olish maskanlari hamda sifatli infratuzilma mavjud. Bu yerda ta’lim jarayoni faqat ma’ruza va seminarlar bilan chegaralanib qolmaydi. Muhit talabaning mustaqil fikrlashi, jamoaviy ishlashi va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan.
Xususan, tibbiyot yo‘nalishi talabalari uchun maxsus simulyatsiya markazi tashkil etilgan. Unda yosh izlanuvchilar birinchi kursdanoq nazariy bilimlarini real amaliyotga yaqin sharoitda sinab ko‘rish imkoniyatiga ega. Tibbiyot sohasi yuqori mas’uliyat, doimiy o‘qish va chuqur amaliy tayyorgarlikni talab qiladi. Kampusda aynan shu jihatlar tizimli ravishda yo‘lga qo‘yilgan.
Buxorodagi asosiy maktab tajribasi
Osiyo xalqaro universiteti 2022 yilda rasmiy litsenziya asosida Buxoro shahrida tashkil etilgan. Bugungi kunda universitet bakalavr, magistratura, ordinatura va doktorantura bosqichlarini o‘z ichiga olgan 90 dan ortiq ta’lim dasturlarini taklif etadi. Ular qatorida stomatologiya, farmatsiya, pedagogika, texnika va IT kabi yo‘nalishlar mavjud.
Buxoroda shakllangan tizimli va amaliyotga yo‘naltirilgan yondashuv Xorazm kampusida ham davom ettirilmoqda. O‘quv xonalari, laboratoriyalar, kutubxona va texnologik infratuzilma ta’lim sifatini ta’minlashga xizmat qiladi. Professor-o‘qituvchilar tarkibida fan doktorlari, fan nomzodlari va tajribali mutaxassislar faoliyat yuritadi.
Ta’limda amaliy tajriba birinchi o‘rinda
Xorazm kampusida pedagogika, iqtisodiyot, texnika, IT va yana yigirmadan ortiq zamonaviy yo‘nalishlar mavjud. Har bir yo‘nalishda ta’lim jarayoni amaliy mashg‘ulotlar bilan uyg‘unlashtirilgan.
Talabalar nazariy bilimlarni bevosita laboratoriya, texnika markazlari va maxsus amaliy mashg‘ulot xonalarida mustahkamlaydi. Bu yondashuv mutaxassisni qog‘ozdagi bilim bilan emas, real ish muhitiga tayyor holatda shakllantirishga qaratilgan.
Grant va rag‘batlantirish tizimi
Kampusda iqtidorli va faol talabalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida grant va stipendiya tizimi joriy etilgan. Talabalar bilim darajasi, faolligiga qarab 25, 50, 75 va 100 foizlik grant asosida tahsil olish imkoniyatini qo‘lga kiritishlari mumkin.
Shuningdek, o‘qish davomida yuqori natija ko‘rsatgan talabalar uchun stipendiyalar va rag‘batlantiruvchi mukofotlar ajratiladi. Bu tizim sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish va talabalarni muntazam o‘sishga undashga xizmat qiladi.
Mentorlik va ta’lim sifati
Ta’lim sifati, avvalo, o‘qituvchilar salohiyatiga bog‘liq. Kampusda dars berayotgan professor-o‘qituvchilar faqat ma’ruza o‘qish bilan cheklanmaydi, talaba bilan mentorlik asosida ishlaydi. Ular mustaqil fikrlashni rag‘batlantiradi, kasbiy yo‘nalishni aniqlashda ko‘mak beradi va individual rivojlanishga e’tibor qaratadi.
Universitet faoliyati va qabul jarayonlari haqidagi batafsil ma’lumotlarni rasmiy manbalar orqali olish mumkin.
Web-page: www.oxu.uz
Telegram: t.me/oxu_khorezm
Instagram: instagram.com/oxu_xorazm
Muallif: Ibrohim Samadov
Montaj ustasi: Boburmirzo Anvarov
Reklama huquqi asosida