Sport

Osiyo kubogi U20. Avstraliya penaltilar seriyasida Saudiya Arabistonini yengib, qit’a chempioni bo‘ldi

Published

on


Xitoyda futbol bo‘yicha 20 yoshgacha bo‘lgan terma jamoalar ishtirokidagi Osiyo kubogi (U20) yakunlandi.

Ushbu turnirni hech mubolag‘asiz «g‘alati penaltilar chempionati» deyish mumkin: O‘zbekistonni Janubiy Koreya mag‘lub etdi, koreyslarni saudiyaliklar dog‘da qoldirdi, ularni esa avstraliyaliklar…

Bugun bosh sovrinni qo‘lga kiritish uchun maydonga chiqqan Avstraliya va Saudiya Arabistoni yoshlar jamoalari qarama-qarshiligida asosiy vaqt va qo‘shimcha bo‘limlarda kuchlar teng keldi: 24-daqiqada Agosti hisobni ochdi, 45+2-daqiqada Talal Hoji muvozanatni tikladi — 1:1.

Penaltilar seriyasida avstraliyaliklarning omadi chopib, Osiyo kubogi U20 chempionligini qo‘lga kiritishdi.

Osiyo kubogi U20. Final

Avstraliya – Saudiya Arabistoni 1:1. Penaltilar seriyasi – 5:4.

Gollar: Agosti 24 — Talal Hoji 45+2.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version