Dunyodan
Ormuz bo‘g‘ozini yopish boshlandi. muzokaralar davom etishi mumkin
AQShning Eron portlarini blokadasi rasman kuchga kirdi. Shu bilan birga, Vashington va Tehron o’rtasidagi muzokaralarni qayta boshlash harakatlari davom etmoqda.
AQSh prezidenti Donald Tramp Eron rasmiylari bilan aloqaga chiqqanini va kelishuvga erishish istagini bildirdi.
Maʼlumotlarga koʻra, muzokaralarning navbatdagi bosqichini Pokiston poytaxti Islomobodda oʻtkazish taklif qilinmoqda.
Eron ayni damda AQShni “dengiz qaroqchiligida” ayblamoqda va minglab odamlar Tehronda blokadaga qarshi namoyish o‘tkazmoqda.
Eron Markaziy qo‘mondonligi xalqaro suvlarda kemalar harakatini cheklash noqonuniy ekanini aytdi.
“Agar Eronning Fors ko‘rfazi va Ummon dengizidagi portlariga xavf tug‘ilsa, mintaqadagi portlar endi xavfsiz bo‘lmaydi”, — deyiladi bayonotda.
Avvalroq AQSh harbiylari Eron portlariga kiruvchi va chiqayotgan kemalarni to‘xtatib qo‘yish rejalari haqida ma’lum qilgandi. Shu bilan birga, boshqa davlatlardan kelgan kemalarning Hormuz bo‘g‘ozi orqali harakatlanishiga hech qanday to‘siq bo‘lmasligi ta’kidlangan.
Hozirda o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi amalda bo‘lsa-da, vaziyat yanada keskinlashishi mumkinligini istisno etib bo‘lmaydi.