Jamiyat

Oqqo‘rg‘onda Labo’ga suv to‘ldirib, cho‘milganlar 12 sutkaga qamaldi

Published

on


Ijtimoiy tarmoqlarda bir necha fuqarolar Labo’ga suv to‘ldirib, cho‘milgani, ovqatlangani aks etgan video tarqaldi. Toshkent viloyati YHXB holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Oqqo‘rg‘on tumanida harakatlanib ketayotgan avtoulovning yukxonasida turli xil harakatlarni amalga oshirib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimagan va jamoat tartibini buzgan, shuningdek, bu holatlarni tasvirga olib, ijtimoiy tarmoqqa joylagan fuqarolarga 12 sutka ma’muriy qamoq jazosi belgilandi.

Shu kabi holat Toshkentda ham kuzatilgan. Toshkentda mashina salonini sellofan paket bilan o‘rab, ichiga suv to‘ldirib harakatlangan shaxslar ushlangandi. 

Haydovchi transport vositasini boshqarganda odob-axloq qoidalarini buzgani, transport vositasi salonini sellofan paket bilan o‘rab, ichiga suv to‘ldirib harakatlangani aniqlangan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version