Dunyodan
Oltin narxining ko’tarilishi Rossiyaga Evropadagi muzlatilgan aktivlar bilan taqqoslanadigan foyda keltirdi
Jahon bozorlarida oltin qiymatining ko’tarilishi Rossiyaga sezilarli iqtisodiy foyda keltirdi va Evropadagi aktivlarni muzlatish natijasida etkazilgan yo’qotishlarning katta qismini qoplashga xizmat qildi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlanganidan beri Rossiya oltin narxining oshishidan 216 milliard dollar foyda ko‘rdi. Bu haqda “RIA Novosti” Bloomberg agentligi ma’lumotlariga asoslanib xabar berdi.
“Rossiya Ukrainada urush boshlanganidan beri oltin narxining keskin oshishidan katta foyda ko‘rdi va Yevropaning muzlatilgan davlat zahiralari bilan taqqoslanadigan darajaga yetdi”, — deyiladi hujjatda.
Yevropada blokirovka qilingan qimmatli qog‘ozlar va tangalardan farqli o‘laroq, agar kerak bo‘lsa, oltin sotilishi va monetizatsiya qilinishi mumkinligi ta’kidlanadi.