Jamiyat

Olmazorda Cobalt’ning bekatga urilishi oqibatida ikki kishi jarohatlandi

Published

on


Joriy yilning 25 sentabr kuni soat 09:00 larda Olmazor tumani Gulsaroy ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.

Haydovchi, 1987 yilda tug‘ilgan N.F. boshqaruvida bo‘lgan Cobalt rusumli avtomashinasida harakatlanib, rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi avtobus bekatiga urilishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

YTH natijasida haydovchi va bekatda turgan fuqaroga shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version