Jamiyat

Olmaotadagi 5 bola konsullik ko‘magi bilan O‘zbekistonga olib kelindi

Published

on


O‘zbekistonning Qozog‘istondagi Bosh konsulxonasi qarovsiz qolgan besh nafar bolaning yurtga qaytishiga ko‘maklashdi. Bolalarga tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, ular IIV xodimlari hamrohligida yaqin qarindoshlariga topshirildi.

TIV ma’lumotiga ko‘ra, diplomatlar Qiyin hayotiy vaziyatda bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash markazi hamda Olmaota shahar ta’lim boshqarmasi vakillari bilan hamkorlikda qaytarish jarayonini tashkil etdi. 

Zarur konsullik-huquqiy hujjatlar tayyorlanib, bolalar belgilangan tartibda O‘zbekistonga kuzatib qo‘yildi.

Ma’lum qilinganidek, O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xodimlari bolalarga yo‘l davomida hamrohlik qildi. 

Bolalar O‘zbekistonga yetkazilgach, amaldagi qonunchilikka muvofiq yaqin qarindoshlariga topshirildi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version