Jamiyat

Olmaotada mushkul ahvolda qolgan ona va ikki farzandi olib kelindi

Published

on


Qozog‘istonning Olmaota shahrida mushkul ahvolda qolgan vatandosh G.R. va uning ikki nafar voyaga yetmagan farzandi O‘zbekiston diplomatlari ko‘magida mamlakatga olib kelindi.

Mazkur insonparvarlik ko‘magi O‘zbekistonda 30 iyuldan 30 avgustgacha e’lon qilingan “Vatanga qaytarish” xayriya aksiyasi doirasida amalga oshirildi.

Diplomatlar G.R. va uning ikki nafar voyaga yetmagan farzandini Olmaota-Toshkent yo‘nalishidagi aviaqatnovi bilan vatanga yetib olishini ta’minladi.

Vatandoshlar O‘zbekistonga qaytgandan so‘ng Toshkent viloyati hokimligi hamda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi viloyat bo‘limi vakillari tomonidan Toshkent xalqaro aeroportida kutib olindi. Shuningdek, ularga psixologik, moddiy va boshqa masalalarda zarur yordam ko‘rsatilyapti.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version