Jamiyat

Oktyabr oyida pomidor va bodiring narxlari o‘rtacha 60 foizga oshgan

Published

on


2025-yilning oktyabr oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari o‘rtacha 0,6 foizga oshgan.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, yillik iste’mol narxlari indeksi (INI) 107,8 foizni tashkil etib, o‘tgan yilning shu oyiga (2024-yil oktyabr — 110,2 foiz) nisbatan 2,5 foiz bandga pasaydi.

Oktyabr  oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rtacha 0,9 foizga, nooziq-ovqat tovarlari 0,4 foizga hamda aholiga ko‘rsatiladigan pullik xizmatlar esa 0,3 foizga qimmatlashgani kuzatilgan.

Asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan – pomidor (61 foiz), bodring (58,2 foiz), baqlajon (11,3 foiz), bulg‘or qalampiri (10,6 foiz), tarvuz (7,0 foiz), qovun (4,6 foiz), mandarin (4,2 foiz), tovuq tuxumi (4,1 foiz), uzum (3,6 foiz), banan (2,3 foiz), mol go‘shti (suyaksiz go‘shtdan tashqari) (1,7 foiz), quy go‘shti (1,6 foiz), paxta moyi (1 foiz), kungaboqar moyi (0,7 foiz) hamda birinchi navli bug‘doy uni (0,4 foiz) narxlarining oshishi inflyasiyaga asosiy ta’sir ko‘rsatdi.

Shuningdek, nooziq-ovqat mahsulotlar narxlaridan qimmatbaho metallardan yasalgan nikoh uzuklari (5,2 foiz), propan (3,3 foiz), benzin (1,5 foiz) va sement (1,2 foiz) narxlarida o‘sish kuzatildi.

Hisob-kitoblar uchun 10 mingdan ortiq savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalarida 195 mingga yaqin narxlar qayd etilgan. 420 turdagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari va 90 turdagi xizmatlar narxlari kuzatildi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version