Sport

Oksana Chusovitina kumush medalni qo‘lga kiritdi

Published

on


Toshkentda sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon chellenj kubogi o‘tkazilmoqda. 13 mamlakatdan 100 nafarga yaqin sportchi ishtirok etayotgan mazkur musobaqada dastlabki g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.

Unga ko‘ra O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ortda qolgan kun 2 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi. Xususan, kecha 50 yoshni qarshi olgan Oksana Chusovitina tayanib sakrash dasturida kumush medal bilan taqdirlandi.

Oltin medal:


Abdulaziz Mirvaliyev (erkin mashq)
Ahrorxon Temirxonov (halqa)

Kumush medal:


Oksana Chusovitina (tayanib sakrash)
Ravshan Komiljonov (Ot ustida mashq)
Humoyun Islomov (erkin mashq)

Bronza medal:


Shahinabonu Yusupova (tayanib sakrash)

Bugun yana bir qator yo‘nalishlarda g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version