Iqtisodiyot

Oilaviy korxonalarning eng ko‘pi savdo sohasida faoliyat yuritmoqda

Published

on


Respublikada 2025 yil 1 iyun holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan oilaviy korxonalar 37 718 tani tashkil etdi.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, ularning soni yil boshidan 1 453 taga oshgan. Shuningdek, ular sohalar kesimida tahlil qilinganda eng yuqori ulushi savdo sohasiga (40,1 foiz) to‘g‘ri kelmoqda.

Faoliyat yuritayotgan oilaviy korxonalarning sohalar kesimidagi soni:


savdo sohasida – 15 134 ta;
sanoat sohasida – 8 531 ta;
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 7 208 ta;
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 2 576 ta;
sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida – 634 ta;
tashish va saqlash sohasida – 344 ta;
qurilish sohasida – 302 ta;
axborot va aloqa sohasida – 240 ta;
boshqa sohalarda – 2 749 tani tashkil etdi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version