Jamiyat

Ohangaron shahri hokimligining bo‘lim boshlig‘i qo‘lga olindi

Published

on


Toshkent viloyatining Ohangaron shahri hokimligi bo‘lim boshlig‘i xizmat mavqeidan foydalanib pora olgan vaqtida qo‘lga olindi.

U 1958-y.t. mahalliy fuqaroning ishonchiga kirib, hokimiyat balansiga o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan 3 xonali xonadonni sud tizimidagi tanishlari orqali uning nomiga rasmiylashtirib berishga va’da beradi.

Mansabdor shaxs uyning narxini 15 000 AQSh dollariga kelishib hamda sud organlaridagi tanishlari uchun 3 500 AQSh dollari berishini aytib, jami 18 500 AQSh dollari talab qiladi.

Bo‘lim boshlig‘i oldindan 9 500 AQSh dollarini olgan vaqtida DXX Toshkent viloyati boshqarmasi va IJQKD hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hokimiyat vakiliga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi, deyiladi xabarda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version