Sport

O‘FA qoshida «Legionerlar klubi» faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

Published

on


Klubga xorijda faoliyat yuritayotgan (yuritgan) o‘zbekistonlik yuqori mahoratli professional futbolchilar va boshqa futbol mutaxassislari jalb qilinadi.

«O‘zbekistonda futbol sohasini raqamlashtirish va ommaviyligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Milliy futbol markazida quyidagilar tashkil etiladi:

– iqtidorli futbolchilarni erta aniqlash bo‘yicha Raqamli futbol situatsion markazi;

– futbol uchrashuvlarini markazlashgan tarzda video yordamchi hakam (VAR) tizimidan foydalangan holda kuzatish uchun «VAR markazi»;

– axborot tizimidagi ma’lumotlarni saqlash uchun «DATA futbol markazi».

Shuningdek, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi huzurida «Legionerlar klubi» faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

«Legionerlar klubi»ga xorijda faoliyat yuritayotgan (yuritgan) o‘zbekistonlik yuqori mahoratli professional futbolchilar va boshqa futbol mutaxassislari jalb qilinadi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version