Jamiyat

Odam savdosida ayblangan “Sonya” O‘zbekistonga deportatsiya qilindi

Published

on


Turkiya va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida tezkor tadbirlar o‘tkazildi. Natijada odam savdosi jinoyatini sodir etganlikda ayblanib qidiruvda bo‘lgan Raxmatova Sanobar (1974-yilda tug‘ilgan, “Sonya” laqabi bilan tanilgan) O‘zbekistonga deportatsiya qilindi.

Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi xabar berdi. 

U 2013–2015-yillarda Bangkok shahrida fohishaxona tashkil etib, vatandosh ayollarni yuqori daromadli ish va’dasi bilan aldab, Qozog‘iston orqali Tailandga olib borib fohishalik qilishga majburlagan jinoiy guruh tarkibida faol ishtirok etganlikda ayblangan. 

“Mazkur shaxsning noqonuniy xatti-harakatlaridan jabrlangan fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yoki uning quyi tizimlariga, shuningdek, Istanbuldagi Bosh konsulxonaga murojaat qilishga chaqiramiz”, deyiladi konsulxona xabarida. 



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version