Jamiyat

Odam savdosida ayblangan ikki ayol Turkiyadan deportatsiya qilindi

Published

on


Turkiya odam savdosi jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan ikki ayol qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.

Ular Turkiya va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlarida ushlanib, O‘zbekistonga deportatsiya qilingan. 

Bu – 1962 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan B.M. va 1987 yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan N.N.

Ushbu shaxslarning harakatlaridan jabrlangan fuqarolardan O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligiga yoki uning hududiy bo‘linmalariga, shuningdek O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga murojaat qilish so‘raldi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version