Jamiyat

Odam savdosi bilan shug‘ullangan ayol Istanbuldan Toshkentga ekstraditsiya qilindi

Published

on


O‘zbekiston va Turkiya Interpol xodimlarining hamkorlikdagi harakatlari natijasida odam savdosi bilan shug‘ullanganlik uchun qidiruvda bo‘lgan jinoyatchi ayol ushlandi va ekstraditsiya qilindi.

O‘zbekiston Interpol milliy markaziy byurosi xodimlari kuzatuvida, Interpol kanallari orqali huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan odam savdosi uchun qidirilayotgan va uzoq vaqt davomida Turkiya hududida yashirinib yurgan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan ayol Istanbuldan Toshkentga ekstraditsiya qilindi.

Jinoyatchi ayol sotish va ekspluatatsiya maqsadida qizlarga yuqori maosh va’da berib, ularni Turkiyaga olib borgan. U yerda qizlarning pasportlarini tortib olib, ularni fohishalik bilan shug‘ullanishga majburlagan.

Interpolning Toshkent va Anqara milliy markaziy byurolari o‘rtasida olib borilgan hamkorlikdagi sa’y-harakatlar va tezkor-axborot kuzatuvi natijasida jinoyatchining qayerdaligi aniqlandi va u qamoqqa olindi.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasining iltimosnomasi Turkiya vakolatli organlari tomonidan qanoatlantirilganidan so‘ng, qidiruvdagi shaxs topildi va Interpol Milliy markaziy byurosi xodimlari kuzatuvida keyingi tergov harakatlarini o‘tkazish uchun O‘zbekistonga olib kelindi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version