Iqtisodiyot

Octobank’da biznes uchun bank xizmatlari — endi xalqaro pul o‘tkazmalari yanada foydaliroq

Published

on


Octobank’da xalqaro pul o‘tkazmalari yanada arzonlashdi, valyuta konvertatsiyasi esa — foydaliroq bo‘ldi. Bank korporativ mijozlar uchun xorijiy valyutadagi asosiy operatsiyalar bo‘yicha tariflarni pasaytirmoqda, bu esa biznesga xorijiy hamkorlar bilan hisob-kitoblarda tejash imkonini beradi.

«Biznes uchun har bir operatsiyada tezlik, ishonchlilik va tejamkorlik muhim. Octobank’da biz xalqaro pul o‘tkazmalari va valyuta operatsiyalarini biznes uchun maksimal darajada foydali qilmoqdamiz. Tariflarni pasaytirish — bu biz uchun xorijda eksport, import va hamkorlikni rivojlantiruvchi kompaniyalarni qo‘llab-quvvatlashning bir usuli», – deya ta’kidladi Octobank matbuot xizmati.

Tariflardagi asosiy o‘zgarishlar:

• Chet elga xorijiy valyutada amalga oshiriladigan pul o‘tkazmalari uchun komissiya endilikda valuta turiga qarab summaning 0,1% — 0,15% miqdorida belgilanadi. Bu tariflar qisman xarajatli (SHA) hamda benefitsiar uchun xarajatsiz (OUR) o‘tkazmalar uchun qo‘llanadi.

• «OUR» va «SHA» opsiyalari bo‘yicha bank-korrespondent xarajatlarini qoplash komissiyasi — 2 BHM (QQS bilan);

• SWIFT/TELEX-xabarlari — atigi 0,25 BHM, bu avvalgi tarifdan 4 baravar arzon.

Bu biznes uchun nimaga muhim:

• konvertatsiya va xalqaro to‘lovlardagi tejamkorlik bitimlarning rentabelligini oshiradi;

• qulay valyuta kurslari hamkorlar bilan hisob-kitoblarni engillashtiradi;

• tariflarning pasaytirilishi komissiyalarni yo‘qotmasdan operatsiyalarni tezroq va arzonroq amalga oshirish imkonini beradi.

Pasaytirilgan tariflar 2025 yil 15 noyabrdan kuchga kirdi. Tariflarning yangi tahriri bilan batafsil Octobank saytida tanishishingiz mumkin.

E-mail: info@octobank.uz

Facebook: fb.com/octobank.aj

Instagram: @octobank_aj

Telegram: https://t.me/Octobank_AJ

Hisob raqamini ochish uchun quyidagi telefon raqamlarga murojaat qiling:

+99894 660 00 37

+99894 660 00 68





Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version