Sport
OChL-2. «Andijon» biror marta g‘alaba qozonmadi va guruhda qolib ketdi
So‘nggi turda «Andijon» safarda Qatarning «Al-Ahliy» klubiga yutqazib, musobaqani tark etdi.
Osiyo Chempionlar Ligasi 2 guruh bosqichidan o‘rin olgan Qatarning «Al-Ahliy» va «Andijon» klublari o‘rtasidagi bahs 2:0 hisobida yakunlandi. Ushbu turnir nufuzi jihatidan Osiyo Chempionlar Ligasi Elit musobaqasidan keyingi o‘rinda turadi.
24 dekabrda Doha shahrida o‘tkazilgan bahsda Mixel Vlap tomonidan urilgan ikkita gol mezbonlarga g‘alaba keltirdi.
Bu natijadan so‘ng, «Andijon» 5 ochko bilan guruhda so‘nggi o‘rinni egalladi. Andijonliklar 6 ta o‘yinda biror marta g‘alaba qozonolmadi.
Guruhda Qatarning «Al-Ahliy» klubi 10 ochko bilan birinchi, Turkmanistonning «Arqadag‘» klubi 7 ochko bilan ikkinchi bo‘ldi va ikkalasi ham keyingi bosqichga chiqdi. Bahraynning «Al-Xolidiya» klubi 6 ochko bilan uchinchi o‘rinni egalladi.
OChL-2. Guruh bosqichi, 6-tur
24 dekabr, Doha
«Al-Ahliy» (Qatar) – «Andijon» (O‘zbekiston) 2:0
Gollar: Vlap (26, 65)
OChL 2, Andijon, futbol