Siyosat
Nuriddin Ismoilov Eron elchixonasiga borib, ta’ziya bildirdi
Nuriddin Ismoilov Eron elchixonasiga borib, xotira daftarini imzoladi.
Qonunchilik palatasi Spikeri Nuriddin Ismoilov Toshkent shahridagi Eron elchixonasiga tashrif buyurib, marhum Oyatulloh Xomanaiyning vafoti munosabati bilan ochilgan xotira daftarini imzoladi. Bu haqda Eron elchixonasi xabar berdi.
U xotira daftarini imzolab, O‘zbekiston davlati va xalqi nomidan chuqur ta’ziya bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, 1-mart kuni Xomanaiy raketa hujumi oqibatida halok bo‘lgani tasdiqlandi. Shavkat Mirziyoyev Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon nomiga ta’ziya yo‘lladi.