Jamiyat
Nukusdagi dala o‘quv maydonida yuz bergan portlashda 10 ga yaqin harbiy xizmatchi jarohatlandi
Mashg‘ulot davomida o‘quv mashg‘uloti uchun mo‘ljallangan portlovchi maxsus vositaning detonatsiya shnuri chaqnashi natijasida kichik portlash yuzaga kelgan.
Joriy yilning 10 sentabr kuni Nukus dala o‘quv maydonida amaliy o‘quv mashg‘uloti tashkillashtirilgan.
Milliy gvardiyaning O‘zAga ma’lumot berishicha, mashg‘ulot davomida o‘quv mashg‘uloti uchun mo‘ljallangan portlovchi maxsus vositaning detonatsiya shnuri chaqnashi natijasida kichik portlash yuzaga kelib, mashg‘ulot ishtirokchilaridan 10 ga yaqin harbiy xizmatchi turli darajadagi tan jarohatlari olgan.
Ularga o‘z vaqtida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan va hozirda ko‘rilgan zarur choralar natijasida harbiy xizmatchilarning sog‘ligi tiklanmoqda.
Holat yuzasidan xizmat surishtiruvi tayinlangan, hozirda mutasaddi rahbarlar tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.