Jamiyat

Nukusda propan gaz tashuvchi yuk mashinasi ag‘darilib ketdi

Published

on


YTH haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi natijasida yuz bergan. Hodisa oqibatida hech kim jarohat olmagan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Nukus shahrida yuk mashinasi bilan yuz bergan yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 14 mart kuni soat 03:05 da Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahri M.Nurmuhammedov ko‘chasida MAN rusumli propan gaz tashuvchi yuk avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi natijasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgani to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan FVV qutqaruvchilari aytilgan manzilga yetib borib, maxsus texnika va qutqaruv anjomlari yordamida tezkorlik bilan ko‘rilgan choralar tufayli sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatning oldi olingan.

«Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va tan jarohati olganlar yo‘q», — deyiladi xabarda.

Avvalroq Angren va Zominda yuk mashinalari yonib ketgani, Jizzaxda yuk mashinasi bilan to‘qnashgan Matiz haydovchisi halok bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version