Iqtisodiyot

Noyabr oyida O‘zbekiston eng ko‘p oltin sotib olgan uch davlatdan biri bo‘ldi

Published

on


O‘zbekiston Markaziy banki noyabr oyida 10 tonna oltin sotib olib, Polsha va Braziliyadan keyingi eng yirik xaridorlardan biri bo‘ldi.

Markaziy banklar noyabr oyida 45 tonna sof oltin xaridini amalga oshirdi, deya xabar bermoqda Jahon oltin kengashi.

Eng yirik xaridorlar — Polsha (12 tonna) va Braziliya (11 tonna) Markaziy banki bo‘ldi. Uchlikka O‘zbekiston Markaziy banki (10 tonna) ham kirgan.

Shuningdek, Qozog‘iston (8 tonna), Qirg‘iziston (2 tonna) Chexiya (2 tonna), Xitoy (1 tonna) va Indoneziya (1 tonna) markaziy banklari ham qimmatbaho metall xaridini amalga oshirishgan.

Yil boshidan buyon 11 oylik davrni hisobga olganda esa O‘zbekiston Singapur va Rossiyadan keyingi uchinchi eng yirik oltin sotuvchi mamlakat hisoblanadi. Asosiy xaridorlar — Polsha (95 tonna), Qozog‘iston (49 tonna) va Braziliya (43 tonna).

Ma’lumot uchun, 2025 yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston umumiy hisobda 9,9 mlrd dollarlik (+70,9 foiz) oltin sotgan. Bu umumiy eksportning 37,1 foizini tashkil etadi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version