Jamiyat

Novosibirskda qiyin holatda qolgan ona va uning farzandlari O‘zbekistonga olib kelindi

Published

on


O‘zbekistonning Novosibirskdagi Bosh konsulxonasi xodimlari Migratsiya agentligi vakillari bilan hamkorlikda mushkul vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonliklarga Vatanga qaytishda navbatdagi amaliy yordamni ko‘rsatdi.

Xabar qilinishicha, og‘ir turmush sharoitiga tushib qolgan ona va uning uch nafar voyaga yetmagan farzandi O‘zbekistonga qaytarildi.

Ayol avvalroq xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markaziga joylashtirilgan, uning farzandlari esa Novosibirskdagi ijtimoiy muassasalardan birida Bosh konsullikning qat’iy nazorati ostida bo‘lgan.

Bosh konsulxona va Migratsiya agentligi vakillarining tezkor harakatlari natijasida ikki kun ichida oilani O‘zbekistonga qaytishi bilan bog‘liq barcha tashkiliy va hujjatli masalalar hal etilgan. Shuningdek, aviachiptalar xarid qilinib, oila aeroportgacha kuzatib qo‘yilgan.

Voyaga yetmagan bolalar mehribonlik uyidan Novosibirsk xalqaro aeroportiga olib kelingan va u yerda onasi bilan uchrashgan.

Ular Novosibirsk-Toshkent aviareysida O‘zbekistonga jo‘nab ketgan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version