Jamiyat

Novosibirskda mushkul ahvolda qolgan uch kishi O‘zbekistonga qaytarildi

Published

on


Mamlakat Bosh konsulxonasi va Migratsiya agentligi xodimlari ko‘magida Novosibirsk shahrida mushkul ahvolda qolgan uch nafar fuqaro “Vatanga qaytarish” nomli xayriya aksiyasi doirasida oilasi bag‘riga qaytarildi.

Bosh konsulxona tomonidan vatandoshlarga O‘zbekistonga qaytish uchun sertifikatlar rasmiylashtirildi. Ular Uzbekistan airways aviakompaniyasi samolyoti bilan O‘zbekistonga kuzatib qo‘yildi.

30 iyul – Butunjahon odam savdosiga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi, Bandlik vazirligi, Migratsiya agentligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda joriy yil 30 iyuldan 30 avgustgacha “Vatanga qaytarish” nomli xayriya aksiyasi o‘tkazilmoqda.

Aksiya doirasida xorijiy davlatlarda mushkul ahvolda qolgan O‘zbekiston fuqarolarini vatanga qaytarish va ularni samarali reintegratsiya qilish ishlari amalga oshirilyapti.

Birinchi navbatda, Turkiya, Rossiya, Qozog‘iston, BAA, Saudiya Arabistoni, Hindiston, AQSh va Janubiy Koreyada deportatsiya markazlarida saqlanayotgan ayollar va bolalar O‘zbekistonga olib kelinmoqda.

O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi elchixonalari va Bosh konsulxonalari chet el davlatlarning deportatsiya markazlarida saqlanayotgan vatandoshlarni aniqlaydi va ular haqidagi ro‘yxatni Migratsiya agentligiga taqdim etadi.

Fuqaro Migratsiya agentligiga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qilgan taqdirda, agentlik xodimlari 1-2 soat ichida ular bilan bog‘lanadi hamda arizani masofaviy tarzda qabul qiladi. Ariza bir kun ichida ko‘rib chiqiladi va ikki kun muddatda yo‘l chiptasi olib beriladi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version