Jamiyat

Novosibirskda mushkul ahvolda qolgan oila O‘zbekistonga olib kelindi

Published

on


Rossiyaning Novosibirsk shahrida og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan ayol va uning ikki nafar voyaga yetmagan farzandi O‘zbekistonga qaytarildi.

Butunjahon odam savdosiga qarshi kurashish kuni arafasida O‘zbekiston Bosh konsulxonasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining Novosibirsk shahridagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda fuqaro va uning voyaga yetmagan ikki farzandini vataniga qaytarish bo‘yicha tezkor amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirdi.

Oila Novosibirsk shahrida o‘ta og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgani sababli ularning zarur hujjatlari, jumladan bolalarga O‘zbekistonga qaytish guvohnomalari bepul rasmiylashtirildi hamda aviachipta sotib olindi.

Ular O‘zbekistonga kuzatib qo‘yildi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version